02:24
Neuchun kelmading

 Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq Kelishingdan aylabon ogoh Bevafo yor nechun kelmading? Yuragimni qilding ming pora Nechun ko’ngling bo’ldi qop-qora Topildimi sevgiga chora Bevafo yor nechun kelmading? Va’dangga sen vafo qilmading Senga bo’lgan sevgim bilmading Yuragimni yondirib o’tda Bevafo yor nechun kelmading? Yuragingda bormi o’zga yor U bo’larmi senga vafodor? Qora tunlar o’tdiku bedor Bevafo yor nechun kelmading? Kutib, kutib toldi ko’zlarim Armon bo’lib qoldi soz’larim Pinhon yotar dilda bo’zlarim Bevafo yor nechun kelmading?

Категория: Sevgi haqida sherlar | Просмотров: 15 | Добавил: OYBEK | Теги: Nechun kelmading | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar